XK7165-303

XK7165-303 — Zamonaviy estetika va intellektual uslub

XK7165-303 — interyerda iliqlik va nafislikni qadrlaydiganlar uchun eng ideal tanlov. Uning jigarrang-kulrang tusi va o‘ta nozik vertikal teksturasi devorlarda " tekis taroqlangan " daraxtdek qilib ko'rsatadi. Bu panel xonaga zamonaviy, tartibli va "qimmat" ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Vizual effekt - ushbu panel yorug‘likni juda yumshoq qaytaradi, bu esa xonada sokinlik va osoyishtalik muhitini yaratadi. Vertikal chiziqlar zich joylashgani sababli, uzoqdan yaxlit va silliq ko‘rinadi, yaqindan esa o‘zining boy va murakkab fakturasini namoyon etadi. U har qanday o‘lchamdagi xonani vizual jihatdan baland va intellektual qilib ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi - o‘zining universal va zamonaviy rangi bilan zamonaviy ofislar, mexmonxonalar, karidorlar va minimalizmni yoqtiruvcilar uchun ideal tanlov bo'la oladi.

Afzalliklari:
Universal rang: Ham issiq, ham sovuq ranglar palitrasi bilan osongina kelishib ketadi.
Zich tekstura: Devorlardagi mayda nuqsonlarni berkitadi va sirtga hajmdor ko‘rinish beradi.
To‘qroq va teksturali bo‘lgani uchun kundalik foydalanishda izlar va chang deyarli ko‘rinmaydi.
Premium sifat: Yuqori darajadagi chidamlilik va namlikka bardoshlilik xususiyatlariga ega.

XK7165-303 — Interyeringiz uchun zamonaviy va ishonchli yechim!