Q-615-A215 — Iliq krem rangli shinamlik va nafosat
Q-615-A215 — interyeringizga yumshoqlik va nur bag‘ishlovchi dekorativ panel. Uning iliq ko'rinishi va yengil vertikal teksturasi devorlarda tabiiy materiallar uyg‘unligini aks ettiradi.
Vizual effekt - ushbu panelning yuzasi yorug‘likni juda yumshoq qaytarib, xonada bir maromdagi osoyishta muhitni ta’minlaydi. Vertikal yo‘nalishdagi nozik tekstura xonani vizual ravishda baland ko‘rsatadi va devorlarga qo‘shimcha hajm bag‘ishlaydi.
Qo‘llanilishi - o‘zining universal va shinam tabiati bilan karidorlar, zallar, yotoqxonalar, oshxona va ovqatlanish zonalari uchun juda mos tushadi.
Afzalliklari Iliq va yorqin rang: Xonani vizual ravishda nurli va keng qilib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Chidamlilik va sifat: Sirt qatlami namlikka, quyosh nuriga va kundalik ishqalanishga bardoshli. Universal yechim: Har qanday uslubdagi mebel va interyer dekorlari uchun mukammal poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Q-615-A215 — Interyeringizdagi iliq va nafis go‘zallik timsoli!