GFG-17 — interyeringizga xotirjamlik va o‘ziga xos uslub bag‘ishlovchi dekorativ panel. Uning silliq yuzasi va tabiat ranglarini eslatuvchi kulrang rangi xonani ham shinam, ham o‘ta zamonaviy ko‘rsatadi. Bu model ortiqcha bezaklarsiz ham devorlarga boy va chuqur ko‘rinish berish xususiyatiga ega.
Vizual effekt - ushbu panelning rangi yorug‘likka qarab o‘zgaruvchan xarakterga ega, kunduzgi yorug‘likda u ko‘proq tabiiy rangini, sun’iy yoritishda esa vazmin kulrang rangni namoyon qiladi.
Qo‘llanilishi - o‘zining premium ko'rinishi bilan mehmonxonalar, dam olish zo'nalari, kabinetlar, ofislar, oshxona va ovqatlanish zo'nalari uchun ideal tanlov bo'la oladi.
Afzalliklari: Noyob rang va ko'rinish: Nafis kulrang ko'rinish interyerga individuallik va o‘ziga xos xarakter bag‘ishlaydi. Mukammal silliqlik: Hech qanday teksturasiz yuza devorlarni o‘ta toza va zamonaviy ko‘rsatadi. Yuqori sifat: Sirt qatlami namlikka chidamli va uzoq vaqt davomida o‘z rangini o‘zgartirmaydi.
GFG-17 — Interyeringizdagi tabiiy muvozanat va zamonaviy estetika!