YS-3750L

YS-3750L — Tutunsimon oniks va oltin to‘lqinlar jilosi

YS-3750L — interyerda sovuq rang ohanglari va yorqin oltin kontrastining mukammal muvozanatini ko‘rishni istaganlar uchun eng nafis tanlov. Kulrang va grafit ranglarini aralashmasi va oltin konturlar devorda xonani juda zamonaviy, qimmatbaho va estetik jihatdan mukammal ko‘rsatuvchi bo'lib vizual effekt yaratadi.

Qo‘llanilishi - o‘zining universal va zamonaviy palitrasi tufayli ushbu model quyidagi hududlarda ideal ko‘rinadi:
Mehmonxonadagi markaziy aksent devor: TV-zona, kamin atrofi yoki asosiy divan ortidagi devor uchun ajoyib tanlov bo‘lib, xonaning umumiy dizaynini juda zamonaviy va olijanob ko‘rsatadi.
Yotoqxona (Fon devori): Xotirjam kulrang va tutunsimon ohanglar shinam va sokin atmosfera yaratadi, oltin chiziqlar esa xonaga lyuks mehmonxona kayfiyatini olib kiradi.
Ofislar, qabulxonalar va go‘zallik salonlari: Kirish qismida (resepshn ortida) kompaniyaning nufuzi, barqarorligi va yuqori statusini ta’kidlash uchun xizmat qiladi.

Afzalliklari:
Eksklyuziv Fluid-Art dizayni: Suyuq marmar oqimi va oltin konturlarining uyg‘unligi oddiy devor qoplamalaridan mutlaqo ajralib turadi va devorga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi.
Vizual hajm (3D effekt): To‘q va och kulrang qatlamlarning bir-biriga qo‘shilib ketishi devorda chuqurlik va vizual hajm hosil qilib, xonani boyitadi.
Yuqori amaliylik: Sirti namlikka, kirlanishga bardoshli materialdan tayyorlangan bo‘lib, parvarish qilish juda oson va vaqt o‘tishi bilan ranglari o‘z jilosini mutlaqo yo‘qotmaydi.

YS-3750L — Interyeringizda kulrang marmar bilan premium ko'rinish xosil qiling!