YS-3798L

YS-3798L — Zumrad jozibasi va suyuq oltin ko'rinishi

YS-3798L — interyerda oddiy ranglar chegarasidan chiqib, devorda haqiqiy qimmatbaho tosh (malaxit) va zargarlik buyumi nafosatini ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun eng eksklyuziv Ultra Premium tanlov.

Qo‘llanilishi - o‘zining ekspressiv, sirli va o‘ta serhasham ranglar palitrasi tufayli ushbu dekorativ panel quyidagi hududlarda mukammal ochiladi:
Premium yotoqxonalar (Ekzotik lyuks): Karovvat bosh qismidagi devor uchun o‘rnatilganda, yashil rang inson psexologiyasiga xotirjamlik va chuqur energiya bersa, keng tillarang bloklar eng qimmatbaho prezidentlik suit xonalari kayfiyatini bag‘ishlaydi.
Oshxona va ovqatlanish hududi: Matoviy oq, och kulrang, qaymoqrang yoki kontrast yaratish uchun qora va to‘q kulrang oshxona mebellari bilan nihoyatda eksklyuziv va qimmatbaho kombinatsiya hosil qiladi.
Restoranlar, VIP kabinalar va go‘zallik salonlari: Kirish qismida (resepshn ortida) mijozlarning diqqatini birinchi soniyalardanoq jalb qiluvchi va maskanning yuqori statusini ta’kidlovchi eng mukammal "Instagrambop" foto-fondir.

Afzalliklari:
Qirollik ranglari simfoniyasi: Zumrad yashili va sof oltin uyg‘unligi dizayn olamida olijanoblik, boylik va muvaffaqiyat timsoli bo‘lib, xonani vizual jihatdan juda qimmatbaho ko‘rsatadi.
Kengaytirilgan "Liquid Gold" oqimlari: Oltin elementlar oddiy ingichka chiziqlar emas, balki keng va oquvchan lentalar shaklida berilgan bo‘lib, devorga ajoyib plastik harakat va jilo bag‘ishlaydi.
Yuqori amaliylik: Sirti namlikka, kirlanishga bardoshli materialdan tayyorlangan bo‘lib, parvarish qilish g‘oyatda oson va vaqt o‘tishi bilan yuzasidagi oltin elementlar hamda yashil oniks qatlamlari o‘z jilosini mutlaqo yo‘qotmaydi.

YS-3798L — Interyeringizda sirli zumrad qudrati va shoyisimon suyuq oltin oqimining tengsiz g‘alabasi!