YS-3763L — Klassik oq oniks va nafis oltin tomirlar jilosi
YS-3763L — interyerda abadiy eskirsh bilmaydigan klassika, yorug‘lik va aristokratik nafosatni uyg‘unlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun eng ideal tanlov. Mayin kulrang bulutsimon oniks asosining ingichka tillarang iplar bilan bezatilishi devorda o‘ta nafis, ko‘zni charchatmaydigan va shinam atmosfera hosil qiladi.
Qo‘llanilishi - o‘zining vazinsiz, yorug‘ va o‘ta elegant estetikasi tufayli ushbu model quyidagi joylarda mukammal ochiladi: Mehmonxonadagi yorug‘ va keng fon: Xonani vizual jihatdan kengaytirish, unga havodorlik va poklik tuyg‘usini olib kirish uchun TV-zona yoki umumiy devorlar uchun ideal yechimdir. Yotoqxona (Sokin lyuks): Yumshoq oq va och kulrang ohanglar asabni tinchlantirishga, chuqur hordiq chiqarishga yordam beradi, karovvat bosh qismida juda shinam va premium muhit yaratadi. Klinikalar, estetik markazlar va ofislar: Qabulxona (resepshn) qismida sterillik, tozalik, ishonch va yuqori darajadagi nufuz muhitini yaratish uchun xizmat qiladi.
Afzalliklari: Nafis va nozik oltin chiziqlar: Yirik oltin quymalardan farqli olaroq, ushbu modeldagi ingichka va xaotik oltin tomirlar interyerga ortiqcha dabdabasiz, juda nozik didli lyuks elementini qo‘shadi. Universal moslashuvchanlik: O‘zining sokin va neytral palitrasi tufayli u ham zamonaviy minimalizm, ham neoklassika va skandinavcha uslubdagi mebellar bilan oson kirishib ketadi. Tezkor va toza montaj: O‘z-o‘zidan yopishuvchi ("samakleyka") asosi uzoq davom etadigan, shovqinli va changli qurilish ishlarisiz devorlarni sanoqli soatlarda toza usulda yangilash imkonini beradi.
YS-3763L — Interyeringizda tabiiy oq oniks nafosati va oltin nurlarning mayin simfoniyasi!